UZWATER loyihasi haqida (yoki UZWATER loyihasiga kirish)

DSC_0458
DSC_1857
DSC_3739-2
DSCN3991
IMG_7663
uzwater-group-warsaw
 O‘zbekiston Respublikasi ko‘pchilik boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari singari ayniqsa yoz mavsumida katta suv taqchilligi muammosiga duch kelmoqda. Suv resurslarini keng miqiyosda samarasiz (noto‘g‘ri yoki yomon) boshqarish va ularni kam miqdorda qayta tamirlash bu mamlakatlardagi ijtimoiy, iqtisodiy hamda atrof muhit holatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston universitetlarida atrof muhit muxofazasi ta’limi talabalar tomonidan atrof muhit muxofazasi muammolari to‘g‘risida keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lishlarini, suv resurslarini boshqarish borasida zamonaviy bilim va malakalarga ega bo‘lishini talab qilmoqda. Bu sohadagi malakali mutaxassislar esa yuz berayotgan o‘zgarishlarni mamlakatning barqaror rivojlanishiga yo‘naltirishlari lozimdir. 

O‘zbekiston universitetlaridagi mavjud bunday talabni qondirish maqsadida professor Lars Rayden o‘ziga O‘zbekistondagi 8 ta universitetni va EI mamlakatlaridan esa 6 ta loyiha hamkorlarini jamlagan TEMPUS loyihasining konsortsiumini (OO‘Yularining birlashmasini) tashkil qildi.

Loyihaning bosh maqsadi O‘zbekistondagi 8 ta universitetda asosan suv resurslarini boshqarishga qaratilgan, atrof muhit muxofazasi va barqaror rivojlanish fani bo‘yicha magistrlik o‘quv dasturini kiritishdan iboratdir. Magistrlik o‘quv rejasi har biri ma’lum bir maxsus maqsadga qaratilgan to‘rtta bo‘limdan (moduldan) tashkil topgan.

Atrof muhit muxofazasi bo‘limi O‘zbekiston atrof muhitining asosiy holatini qamrab oladi; u atrof muhit muxofazasi ilmining (fanining) biokimyoviy aylanishlar, atrof muhit ta’siri va uni to‘g‘rilash yo‘llari hamda usullarini kabi asosiy vositalarini o‘zida mujasamlaydi.

Barqaror rivojlanish bo‘limi barqarorlik ilmida qo‘llanilayotgan asosiy metodlarni qamrab oladi. Xususan, tizimli fikrlash va tizimli tahlil, resurslar oqimi va resurslarni boshqarish hamda chiqindilarni qayta ishlash, energetik samaradorlik va h.k.lar singari resurslarni yaxshi boshqarish uchun amaliy asboblar to‘plamlarini o‘z ichiga qamrab oladi.

Suvni boshqarish bo‘limi O‘zbekistondagi suv muammolariga qaratiladi. Bu bo‘limda daryo havzasini boshqarish, suv ta’minoti va suv tanqisligi muammolari, oqava suvlar texnikasi, suv muammolarini yechish va suv diplomatiyasi singari halqaro suv muammolari usullari bilan tanishtiradi.

Magisterlik dissertasiyasi ishi to‘rtta bo‘lim ichida oxirgisi bo‘lib u O‘zbek jamiyatida atrof muhit va suv muammolarini yechish borasida amaliy ko‘nikmalar olishi uchun talabalar tomonidan bajariladi. Bu bo‘lim yozma va og‘zaki taqdimotlar qilish va aloqalarga ega bo‘lish ko‘nikmalari o‘rgatishga qaratilgan ta’limni ham o‘z ichiga qamrab oladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan to‘rtala bo‘lim barcha universitetlarda o‘qitiladigan asosiy hamda joylarda yaratilgan, mahalliy ehtiyojlar va muammolarni o‘rganadigan kurslarni o‘zida qamrab oladi. Bu esa o‘z navbatida Magistrlik dasturiga universitetning mahalliy o‘ziga xos yo‘nalishidan samaraga ega bo‘lishi va loyihaning bajarilishi mobaynida yaratiladigan yangi o‘quv materiallariga ega bo‘lishini ta'minlaydi.

Loyihaning o‘iga xos maqsadlari quyidagilardan iborat:

O‘zbekistondagi hamkor universitetlarda o‘quv markazlarini tashkil qilish. Ularning ichida ikitasi ko‘proq loyiha muammolarini o‘rganishga ixtisoslashgan bo‘lishi kerak.

Ekspertizal qlinadigan magistrlar ta’limi hajmini oshirish orqali ularni mamlakatdagi atrof muhit va suv boshqaruvi muammolariga xizmat qilishqa yo‘naltirish.

O‘zbekistonga o‘qitishning zamonaviy metodlarini, o‘quv materiallarini, electron o‘qitish vositalarini kiritishni va ulardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash.

Hamkor universitetlarda xalqaro aloqalarning o‘rnatilishini rag‘barlantirish.

Hokimiyatning hamda umumiy holda O‘zbek jamiyatining boshqaruv imkoniyatlarini mustahkamlash.

Magistrlik dasturini veb sahifalar, bosma materiallar hamda jamiyat bilan hamkorlik orqali shaffofligini va qo‘llanilishini ta’minlash.

Tempus loyihasi tugaganidan so‘ng magistrlik dasturining uzviyligini va loyiha natijalarini hamkor universitetlarda uzoq muddat davomida qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash.