Kaunas Texnologiya Universiteti (KTU) uch Boltiq Bo‘yi davlatlari ichidagi eng katta texnik universitetdir. KTU butun dunyoda ultratovish, organik kimyo, mexatronika, tizimli diagnostika, atrof muhit muhandisligi va ko‘plab boshqa bir qator fan sohalari bo‘yicha erishgan yutuqlari bilan mashhurdir. Universitet Evropa ta’limi dasturlarini muvoffaqiyatli amalga oshirmoqda va Litva hamda xorij sanoati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Universitet olimlari mamlakat oliy ta’limi tomonidan biznes uchun o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlarning 70 foizini amalga oshiradilar.
KTU oltita asosiy yo‘nalish: texnologik, fizikaviy va ijtimoiy ilm, san’at, gumanitar va biomeditsina boyicha mutaxasislar tayyorlaydi. Universitet akademik shatati 1266 kishidan iborat bo‘lib ulardan 811 tasi doktorlik ilmiy daragasiga (732 tasi PhD ilmiy darajasiga va 79 tasi Habilitat doktori ilmiy darajasiga ega), 472 tasi akademik darajaga (354 tasi dosent, 118 tasi professor) egadirlar. Universitetda hammasi bo‘lib 17 000 ga yaqin kishi ta’lim oladi. Shulardan 13 000 tasi talaba, 3 000 tasi aspirat va 4000 tasi doktorantlardir.
Aloqa uchun ma’sul shaxs: Prof. Linas Kliuchininkas (Linas Kliucininkas).