Varshava Hayot Ilmi Universiteti
Varshava Hayot Ilmi Universiteti (VHIU) - SGGW (WULS–SGGW)
1816 - yilda qishloq xo‘jaligi maktabi sifatida tashkil etilgan edi. Ammo bu maktabning ilmiy-tadqiqot va ta’limiy faoliyati tez kengayib ketishi natijasida u hozirgi kunda Polshadagi eng yuqori o‘rinlarda turadigan universitet va atrof muhit ta’limi hamda ilmi bo‘yicha eng katta ilmiy markaz bo‘lib hisoblanadi. Universitetda tayyorlanadigan 27 ta bakalavrlik va 21 ta magisterlik yo‘nalishlaridan 6 ta bakalavlik va 4 ta magisterlik yo‘nalishi atrof muhit bilan bog‘liq. Atrof muhit bo‘yicha ta’lim berish va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga jalb qilingan fakultetlarning ko‘pchiligi fakultetlataro Atrof Muhitni Asrash Departamentida mujassamlashgan. VHIUda o‘qish Boloniya tamoyiliga asoslanib qurib bo‘lingan. Evropa ta’lim tizimi va ilmiy-tadqiqotlari sohalari ichida muvoffaqiyatli ravishda qayta qurilgan va integratsiyalashgan bu universitet tajribasi qisman hamkor mamlakatlar universitetlari uchun kelajakda foydali bo‘ladi. VHIU EIning ilmiy-tadqiqot va ta’lim tasturlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda (Markaziy Osiyo uchu TEMPUS loyihalari - CIBELES, SWAN, CANDI).
Aloqa uchun ma’sul shaxs: Ekologik Muxandislik kafedrasi mudiri, Professor Jozef Mosiej (Józef Mosiej).