O‘zbekiston Milliy Universiteti

National University of UzbekistanO‘zbekiston Milliy Universiteti (O‘ZMU) 1918 – yilda asos solingan bo‘lib u mamlakatdagi eng qadimiy uiversitetlardan biridir. Universitetda hammasi bo‘lib 13 ta fakultet mavjud. Mazkur loyiha uchun ma’sul bo‘lgan Amaliy Ekologiya kafedrasi xodimlari Atrof Muhit Muxofazasi hamda Barqaror Taraqqiyot sohalari ta’limi bo‘yicha yetarli darajadagi tajribaga ega bo‘lib ular 2000 – yildan buyon yuqorida nomlari tilga olinga sohalar bo‘yicha milliy va regional darajada turli darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv kurslari va o‘quv dasturlarini yaratish ustida ishlab kelmoqdalar. Loyiha ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilgan boshqa loyihalar oliy ta’lim muassasalari uchun “Ekologiya, Atrof Muhit Muxofazasi va Barqaror Taraqqiyot” yo‘nalishi uchun o‘quv qo‘llanmasini yaratishni ham qamrab olgan edi (UNESCO loyihasi):
UNESCOning Barqaror kelajak uchun deb nomlangan o‘qish va o‘qitish multimediali dasturining O‘zbek tilidagi talqinini yaratish;
Maktab o‘qituvchilari uchun “Barqaror Taraqqiyot Ta’limi” bo‘yicha yo‘riqnoma yaratish;
Maktab o‘qituvchilari uchun Global Er instituti loyihasi (Buyuk Britaniya) doirasida o‘quv dasturiga “Barqaror Taraqqiyot” masalalarini kiritish bo‘yicha o‘quv kursini tashkil qilish; va boshqa bir qator loyihalar.

Aloqa uchun ma’sul shaxs: Amaliy Ekologiya kafedrasi mudiri, Dr. Azamat Azizov (Azamat Azizov).