Samarqand Qishloq Xo‘jaligi Institutiga (SQXI) 1929 – yilda asos solingan bo‘lib bu dargoh bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yetuk oliy ta’lim markazlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu oliy ta’lim maskanining asosiy faoliyati oliy ta’lim hamda fundamental va amaliy tadqiqotlardan iborat bo‘lib u uch bosqichni: bakalviatura, magistratura va Oliy ta’limdan keyingi ta’limni (katta ilmiy hodim - izlanuvchi) qamrab oladi. SQXIdagi 4 ta fakultetda 17 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. SQXIdagi talim va ilmiy-tadqiqotlarning bosh mezoni sifatida qishloq xo‘jaligida barqaror taraqqiyot, resurs tejamkor va ekologik toza va samarador qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini yaratish qaraladi. SQXI USDA’s FEP dasturi, Wageningen University (Netherlandiya), TEMPUS loyihalari va boshqa ko‘plab taniqli talim tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi.
Aloqa uchun ma’sul shaxs: SQXI xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Farhod Ahrorov (Farhod Ahrorov).