Toshkent Davlat Texnika Universiteti
Toshkent Davlat Texnika Universiteti Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti (TDTU) ko‘plab qo‘shma loyihalarda ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega. TDTU ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, yuqori malakali ilmiy va ilmi-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda iqtidorli talabalarni universitet laboratoriyalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarga tizimli jalb qilishning harakat dasturi ishlab chiqilgan. Bu sohada fakultetlar ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, talim va ilmiy natijalarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha katta tajribaga ega. Bundan tashqari fakultetlar EI universitetlari bilan turli sohalarda, xususan Markaziy Osiyodagi ahvol bo‘yicha uzoq tarixga ega bo‘lgan hamkorlik olib bormoqdalar. Bugungi kunda TDTU dagi 7 ta fakultetda 58 ta kafedra mavjud bo‘lib ularda 735 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar. Ulardan 6 nafari O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining Akademiklari, 74 nafari fan doktorlari va 314 nafari fan nomzodlari bo‘lib hisoblanadilar. Ular 10000 nafardan ortiq talabalarga talim berib kelmoqdalar.
Aloqa uchun ma’sul shaxs: TDTU AL va KHKlar bo‘yicha rector o‘rinbosari, Professor Nurilla Zikrillayev (Nurulla Zikrillayev).