Urgench Davlar Universiteti
1992 – yilning 28 – Fevralida O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 356 – raqamli farmoniga asosan Xorazm Davlat Pedagogika Instituti Al Xorazmiy nomidagi Urgench Davlar Universiteti (UDU) aylantirildi. Bugungi kunda UDUda 33 yo‘nalish bo‘yicha bakalavrlar va 9 ta yo‘nalish bo‘yicha magistarlar tayyorlanmoqda. UDUda quyidagi fakultetlar mavjud: Fizika va Matematika, Filologiya va San’atshunoslik, Xorijiy tillar, Tabiatshunoslik va Geografiya, Pedagogika, Tarix, Iqtisod, Kimyo va Texnika, Jismoniy Madaniyat.
Universitetda hammasi bo‘lib 7056 nafar talaba taxsil oladi va ulardan 29 nafari xorijiy talabalardir.
UDUda hammasi bo‘lib 470 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi va ulardan 23 nafari fan doktori, professor, 173 nafari fan nomzodi, doset va 264 nafari assistant va o‘qituvchilardir.
Keyingi uch yilda UDUdagi 160 nafar professor-o‘qituvchi qayta tayyorlash va malakasini oshirishni kurslarini o‘tadilar. Ulardan 43 nafari chet mamlakatlarda malakasini oshirib keldilar. 2011 – yil davomida 634 ta ilmiy maqola, 9 ta monografiya, 4 ta kitob va 18 ta o‘quv qo‘llanmasi chop qilindi.
Aloqa uchun ma’sul shaxs: UDU ITI bo‘yicha rector o‘rinbosari, Gayrat Urazbayev (Gayrat Urazboev).