Buxoro Davlat Universiteti

Buxoro Davlat Universiteti (BDU) O‘zbekistondagi eng katta ilmiy va akademik markazlardan biri bo‘lib unda 7500 yaqin talaba 7 ta fakultetda ta’lim oladi. BDU barcha akademik darajalar, juladan, bakalver, magister va oliy ta’limdan keying ta’limni o‘z ichiga oluvchi kasbiy ta’limdan tortib katta ilmiy xodim izlanuvchi darjasiga qadar bo‘lgan kurslarni qamrab oladigan dasturlarni taklif qiladi. Uzoq muddatli xalqaro miqiyosdagi ilmiy va talimiy hamkorlik BDUning dunyodagi ko‘plab universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorilbo‘yicha kelishuv shartlomalanini tuzishga asos bo‘ldi. BDU O‘bekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan xalqaro aloqalarni rivojlantiruvchi tayanch OO‘Yu sifatida tanlangan va O‘zbekiston OO‘Yularida Xalqaro Munosabatlari Rivojlantirish Konsulligi a’zosi sifatida tasdiqlangan. Konsullik a’zosi sifatida BDU xalqaro aloqalar masalalarida respublikadagi boshqa universitetlarga tavsiyalar beradi. Shu paytgacha BDU 10 ta TEMPUS va 8 ta Erasmus Mundus loyihalarida ishtirok etgan. Hozirgi kunda BDU 3 ta TEMPUS va 2 ta Erasmus Mundus loyihalarida ishtirok etmoqda.

Aloqa uchun ma’sul shaxs: Xalqaro loyihalar boshqaruvchisi, Dr. Abror Juraev (Abror Juraev).

Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Karakalpak State UniversityQoraqalpoq Davlat Universiteti Berdax nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universitetiga (QQDU) 1976 – yilda asos solingan. Bu dargoh O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbida joylashgan bo‘lib u Qoraqalpog‘istondagi eng yirik ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lib hisoblanadi. Bu oliy o‘quv yurtida 6000 nafardan ziyod talabalar 40 dan ortiq bakalavrlik va 20 ga yaqin magistrlik yo‘nalaishlarida ta’lim oladilar. Universitetda hammasi bo‘lib 8 ta fakultat va 40 ta kafedra mavjud.

Aloqa uchun ma’sul shaxs: Arxitektura kafedrasi mudiri, Dr. Rustam Eshniyazov (Rustam Eshniyazov).

Urgench Davlar Universiteti

Urgench State University1992 – yilning 28 – Fevralida O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 356 – raqamli farmoniga asosan Xorazm Davlat Pedagogika Instituti Al Xorazmiy nomidagi Urgench Davlar Universiteti (UDU) aylantirildi. Bugungi kunda UDUda 33 yo‘nalish bo‘yicha bakalavrlar va 9 ta yo‘nalish bo‘yicha magistarlar tayyorlanmoqda. UDUda quyidagi fakultetlar mavjud: Fizika va Matematika, Filologiya va San’atshunoslik, Xorijiy tillar, Tabiatshunoslik va Geografiya, Pedagogika, Tarix, Iqtisod, Kimyo va Texnika, Jismoniy Madaniyat.

Universitetda hammasi bo‘lib 7056 nafar talaba taxsil oladi va ulardan 29 nafari xorijiy talabalardir.

UDUda hammasi bo‘lib 470 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi va ulardan 23 nafari fan doktori, professor, 173 nafari fan nomzodi, doset va 264 nafari assistant va o‘qituvchilardir.

Keyingi uch yilda UDUdagi 160 nafar professor-o‘qituvchi qayta tayyorlash va malakasini oshirishni kurslarini o‘tadilar. Ulardan 43 nafari chet mamlakatlarda malakasini oshirib keldilar. 2011 – yil davomida 634 ta ilmiy maqola, 9 ta monografiya, 4 ta kitob va 18 ta o‘quv qo‘llanmasi chop qilindi.

Aloqa uchun ma’sul shaxs: UDU ITI bo‘yicha rector o‘rinbosari, Gayrat Urazbayev (Gayrat Urazboev).

Toshkent Davlat Texnika Universiteti

Toshkent Davlat Texnika Universiteti Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti (TDTU) ko‘plab qo‘shma loyihalarda ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega. TDTU ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, yuqori malakali ilmiy va ilmi-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda iqtidorli talabalarni universitet laboratoriyalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarga tizimli jalb qilishning harakat dasturi ishlab chiqilgan. Bu sohada fakultetlar ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, talim va ilmiy natijalarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha katta tajribaga ega. Bundan tashqari fakultetlar EI universitetlari bilan turli sohalarda, xususan Markaziy Osiyodagi ahvol bo‘yicha uzoq tarixga ega bo‘lgan hamkorlik olib bormoqdalar. Bugungi kunda TDTU dagi 7 ta fakultetda 58 ta kafedra mavjud bo‘lib ularda 735 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar. Ulardan 6 nafari O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining Akademiklari, 74 nafari fan doktorlari va 314 nafari fan nomzodlari bo‘lib hisoblanadilar. Ular 10000 nafardan ortiq talabalarga talim berib kelmoqdalar.

Aloqa uchun ma’sul shaxs: TDTU AL va KHKlar bo‘yicha rector o‘rinbosari, Professor Nurilla Zikrillayev (Nurulla Zikrillayev).

O‘zbekiston Milliy Universiteti

National University of UzbekistanO‘zbekiston Milliy Universiteti (O‘ZMU) 1918 – yilda asos solingan bo‘lib u mamlakatdagi eng qadimiy uiversitetlardan biridir. Universitetda hammasi bo‘lib 13 ta fakultet mavjud. Mazkur loyiha uchun ma’sul bo‘lgan Amaliy Ekologiya kafedrasi xodimlari Atrof Muhit Muxofazasi hamda Barqaror Taraqqiyot sohalari ta’limi bo‘yicha yetarli darajadagi tajribaga ega bo‘lib ular 2000 – yildan buyon yuqorida nomlari tilga olinga sohalar bo‘yicha milliy va regional darajada turli darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv kurslari va o‘quv dasturlarini yaratish ustida ishlab kelmoqdalar. Loyiha ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilgan boshqa loyihalar oliy ta’lim muassasalari uchun “Ekologiya, Atrof Muhit Muxofazasi va Barqaror Taraqqiyot” yo‘nalishi uchun o‘quv qo‘llanmasini yaratishni ham qamrab olgan edi (UNESCO loyihasi):
UNESCOning Barqaror kelajak uchun deb nomlangan o‘qish va o‘qitish multimediali dasturining O‘zbek tilidagi talqinini yaratish;
Maktab o‘qituvchilari uchun “Barqaror Taraqqiyot Ta’limi” bo‘yicha yo‘riqnoma yaratish;
Maktab o‘qituvchilari uchun Global Er instituti loyihasi (Buyuk Britaniya) doirasida o‘quv dasturiga “Barqaror Taraqqiyot” masalalarini kiritish bo‘yicha o‘quv kursini tashkil qilish; va boshqa bir qator loyihalar.

Aloqa uchun ma’sul shaxs: Amaliy Ekologiya kafedrasi mudiri, Dr. Azamat Azizov (Azamat Azizov).